Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Zarafshon»ning bugungi (2019 yil 30 noyabr, №151) sonida o‘qing

 “Xalq davlat idoralari uchun emas, davlat idoralari xalqimiz uchun xizmat qilishi kerak”. Prezidentimiz ilgari surgan bu g‘oyani Xalq qabulxonalari nechog‘li hayotga tatbiq etyapti? Odamlar dardini bemalol ayta olyaptimi? Xalq qabulxonalari ularning muammolarini qanday hal etyapti? Gazetamizning «Hali qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘p» maqolasida ana shu savollarga javob topasiz.

***

Keyingi yillarda Jomboy tumani viloyatda sanoat yetakchiligini boy berib qo‘yayotgandek. Bu mavqeni tiklash uchun nima ishlar qilinyapti? Tumanda yangi ishlab chiqarish korxonalari tashkil etishga qanchalik e’tibor berilyapti? Tadbirkorlikni rivojlantirishga-chi? Bandlikni ta’minlash, chet el kapitalini jalb etish ahvoli qoniqarlimi? Jomboy tumani hokimi Hamza To‘ychiyev ana shu savollar atrofida fikr yuritdi.

***

Yurtimizda xorijiy investitsiyalarni jalb etish, investorlarga sharoitlar yaratish borasida qator ishlar amalga oshirilyapti. Biroq ayrim «tadbirkorlar» hududlarga investitsiya kiritayotgan, aholiga yangi ish o‘rni yaratayotgan, iqtisodiyotimizning rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan sarmoyadorlarga ko‘mak berish, qo‘llab-quvvatlash o‘rniga ulardan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishni ko‘zlamoqda. Xitoy davlati fuqarosi, investor Lyu Sijun ham viloyatimizga, xususan, Ishtixon tumaniga kelib, bu yerdan Xitoyga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish orqali hududga investitsiya kiritish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishni niyat qilgan edi. Uni «tadbirkor» chuv tushirdi. Bu olg‘ir kimsa kim ekan?..