AQSh va Kanadada tornado sodir bo‘ldi, qurbonlar va yaradorlar bor
- 22.06.2021 17:25
- 102
- Xorij

AQShning Chikago va Illinoys shaharlarida kuchli momaqaldiroq va tornado sodir bo‘ldi.
AQSh milliy ob-havo xizmati Chikagoning g‘arbiy chekkasida yirik va o‘ta xavfli tornado ehtimoli haqida xabar berdi.
Noqulay ob-havo natijasida 6 kishi jarohat oldi, ba’zi aholi yaqin atrofdagi boshpanalarga evakuatsiya qilindi.
Shuningdek, Kanadaning janubini qamrab olgan tornado natijasida 60 yoshli erkak vafot etdi va 2 kishi jarohat oldi.
Tornado 75 dan 100 tagacha uylarga zarar yetkazgan. Kuchli shamol oqibatida elektr simlari uzilib, daraxtlar qulagan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Misr tamadduni qachon boshlangan?
- Kecha, 17:53
- O'qing, qiziq!