Atrofdagilar - aksimiz. Omadsizligimiz uchun ularni ayblash befoyda

Biz aybdorlikka asoslangan, sud jarayonlari, noroziliklar, ko‘rsatmalar stereotipi davrida yashayapmiz, doimo boshqalarning xatti-harakatlaridan xafa bo‘lamiz.

“Qanday qilib?”, “Bu nima degan gap?”. Bu so‘zlarni g‘azab bilan aytayotgan kishini kunora uchratamiz. Biz barchani va hamma narsani ayblashga o‘rganib qolganmiz va bu vaziyatlar o‘zimizning harakatlarimiz natijasi ekanligini xayolimizga ham keltirmaymiz.

Gap shundaki, ko‘pchilik “har kim o‘z yo‘lida” qabilida ish tutib, bizning harakatlarimiz bir-birimizga hech qanday bog‘liq emasligiga ishonadi. Xuddi yomon odamlar bor, lekin biz bekamu ko‘st, tarbiyali, boshqacharoqmiz deganday. Aslida esa bunday emas, atrofdagilarimiz bizning go‘yo ko‘zgudagi tasvirimizdir.

Bu shuni anglatadiki, biz jahl qilib, g‘azablanganimizda xohlasak, xohlamasak o‘z his-tuyg‘ularimizni boshqa odamlarga o‘tkazamiz. Do‘stlarimiz yoki oila a’zolarimizni qo‘pol muomala qilishida ayblaganimiz esa o‘zimizning beadadligimiz yoki qo‘polligimizni namoyon qiladi.

Hayotni aldab bo‘lmaydi: biz ekkanimizni o‘rib olamiz.

G‘azablansak – atrofda hamma xo‘mraygan va qo‘pol ko‘rinadi,  quvonsak - bizni tabassum va mehr bilan kutib olishadi.

Istasak istamasak, bu achchiq hapdorini yutishimiz kerak – yo‘limizda uchraydigan har bir insono‘z aksimiz ekanligini anglashimiz kerak. Bunga rozi bo‘lish osonmas, chunki nima uchun g‘azablanganimiz uchun javobgarlikni o‘z zimmamizga olishdan ko‘ra vaziyat yoki boshqa kishini ayblash osonroq-da.

Lekin, biz avval o‘z his-tuyg‘ularimizni jilovlay olib, boshqalarni aybdor emasligini tushunib olsak, vaziyat ham o‘zgaradi. Bu esa haqiqatni idrok etib, og‘riq, g‘azab va qayg‘udan voz kechishga yordam beradi. Garchishunday ekanligini tushunib olsak ham, tabiiyki, bu ish bir ikki kun ichida amalga oshmaydi.

Har bir narsa biz xohlaganday bo‘lishi uchun, boshqalarni barmoq bilan ko‘rsatmasdan, uni birinchi navbatda o‘zimiz tomonga yo‘naltirish juda muhimdir. Bu avvalo o‘zimizni o‘zgarishimizga, hayotimizni yaxshi tomonga o‘zgartirishga yordam beradi: boshqalar bilan munosabatimiz yaxshilanib, asabiylashmasdan, hayotdan zavqlana boshlaymiz.

Bizning kayfiyatimiz atrofimizdagi dunyoga ta’sir qiladi, shuning uchun qanchalik ochiq va samimiy bo‘lsak, bizga qarata javob ham shunday bo‘ladi. Omadsizligingiz uchun boshqalarni ayblashni bas qiling, shundagina hayotingiz oson va yengil kechadi!

Bahora MUHAMMADIYeVA.