G‘ijduvonda yuk avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi
- 11.06.2019 13:46
- 134
- Jamiyat

Joriy yilning 10 iyun kuni soat 05.40 larda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi 59 yoshli R.N. boshqaruvidagi “KamAZ” yuk avtomashinasini “Zarangari” MFY Urganji qishlog‘i hududida haydab ketayotgan vaqtida yuk avtomashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketishi oqibatida yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘lgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Oqibatda yuk avtomashinasining salon qismi yonib zarar ko‘rgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi, xabar berishicha, jarohat olganlar yo‘q.
Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Beozor onaizor
- Kecha, 19:53
- Mutolaa
Mustaqillikka 34 yil: Farovonlik manzaralari
- Kecha, 18:50
- Jamiyat
Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashiladi
- Kecha, 16:47
- Jamiyat