Jomboyda "Yosh olim va olima" nomli nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat boshladi

Xususiy tadbirkor Sh.Qironova tashabbusi bilan tumanning Katta qishloq mahallasida foydalanishga topshirilgan mazkur bog‘cha 100 o‘ringa moslashgan.

Yangi bog‘chaning faoliyat boshlashiga bag‘ishlangan tadbirda tuman hokimi H.To‘ychiyev ishtirok etdi va nuroniy otaxonlar, keng jamoatchilik vakillari bog‘chada bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.