Luiza Xeydan hayotni qanday qilib yaxshilash borasida 6 qoida

Kundan-kun noroziligingiz ortib, hayotingiz zerikarli bo‘lib borayotgandek tuyulayaptimi? Nimalarnidir o‘zgartirishni istayapsizu, ammo o‘sha yangilik nimaligini bilmayapsizmi? Ehtimol, muammo o‘zingizdadir? E’tiboringizga havola etayotgan tavsiyalar mashhur yozuvchi Luiza Xeyning «Hayotingizni qanday qilib yaxshilay olasiz?» nomli kitobidan olingan. O‘qing va xulosa chiqaring.

1-qoida:

Ayni shu kundan boshlab bir oy davomida «O‘zimdan mamnunman», degan iborani takrorlayvering. Har kuni 100 martagacha qaytarishingiz mumkin. Ong ostiga mahkam o‘rnashgan axborot natijasini beradi. 

2-qoida:

«Xo‘sh, nega o‘zimdan mamnun bo‘lishim kerak. Axir ortiqcha vaznimni yo‘qotolmayapmanu» deysizmi? Demak, fikrlaringiz o‘zgarib boryapti. Bu yaxshi natija! Endi «Hayotimdan mamnunman. O‘zimga borimcha yoqaman», degan iborani qo‘shing va uni ham har kuni takrorlang.

3-qoida:

Boshqalarning gap-so‘zlari-yu tanqidlariga parvo qilmang. Sizni hech kim o‘zingizchalik bilmaydi. Ko‘pincha kamchiligimiz deb o‘ylaganlarimiz, aslida, o‘zimizga xos jihatimiz bo‘lib chiqadi. Shunday ekan, atrofdagilarning e’tiborini o‘z foydangizga ishlating.

4-qoida:

«Hammasini uddalayman. Axir men o‘zgachamanku!». Avval o‘zingizni shu fikrga ishontiring. Shunda qolganlar ham buni tan olishadi.

5-qoida:

«Kichik ko‘ngilsizliklar – katta g‘alabalarning nishonasi». Biror rejangiz amalga oshmasa, aynan shunday deng. Mana ko‘rasiz, g‘alaba nashidasi uzoq kuttirmaydi.

6-qoida:

Eng asosiy va muhimi: hamisha o‘zingizga ishoning. Shundagina hayotingiz siz xohlagandek o‘zgaradi. Siz istagandek, yorqin ranglar, chiroyli insonlar va yoqimli voqea-hodisalar kirib keladi unga. Faqat ishoning va harakat qiling!