8 ta tezyurar elektropoyezd xarid qilish loyiha konsepsiyasi sessiyada muhokama qilinadi

16 iyun kuni o‘tkaziladigan xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o‘ttiz birinchi sessiyasida deputatlar shu kabi 10 dan ziyod masalani ko‘rib chiqadi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatov bugun, 12 iyunda  "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, o‘ttiz birinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida" Farmoyish qabul qildi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘riladi:

- “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i R.Hotamovning hisoboti haqida;

- ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning insonlar sog‘lig‘iga zararli ta’sirining oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holat sifatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i A.Qurbonovning hisoboti haqida;

- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili X.Rahmonovning 2025 yilda bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishi holati to‘g‘risida ma’ruzasi haqida;

- o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;

- yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) to‘g‘risida;

- Past Darg‘om tumanidan birlashtirish va ixchamlashtirishga tushgan mahallalarning chegaralarini belgilash to‘g‘risida;

- Urgut tumanidan birlashtirish va ixchamlashtirishga tushgan mahallalarning chegaralarini belgilash to‘g‘risida;

- Qo‘shrabot tumanidan birlashtirish va ixchamlashtirishga tushgan mahallalarning chegaralarini belgilash to‘g‘risida;

- Paxtachi tumanidan birlashtirish va ixchamlashtirishga tushgan mahallalarning chegaralarini belgilash to‘g‘risida;

- viloyat mahalliy byudjetining 2026 yil 1 yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida;

- Samarqand viloyatida drayver loyihalarni amalga oshirish uchun zarur infratuzilma ob’yektlarining manzilli ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;

- “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 8 ta tezyurar elektropoyezd xarid qilish loyiha konsepsiyasini ma’qullash to‘g‘risida;

- jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risida.