Samarqand viloyati Kengashining 104-sessiyasi 23 oktyabr kuni o‘tkaziladi
Bu haqda bugun, 15 oktyabrda viloyat hokimi E.Turdimovning "Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, bir yuz to‘rtinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi qarorida ma’lum qilindi.
Qarorga ko‘ra, xalq deputatlari viloyat Kengashining bir yuz to‘rtinchi sessiyasi 2024 yil 23 oktyabr kuni chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
— viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i Ahad O‘roqovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 apreldagi «Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining viloyatdagi ijrosi yuzasidan hisoboti;
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 9 yanvardagi «2024 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Temur Mahmudovning hisoboti to‘g‘risida;
— jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida;
— jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risida;
— xalq deputatlari viloyat Kengashining 2023 yil 27 dekabrdagi «Samarqand viloyatining 2024 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida;
— «O‘zbektelekom» AKning mobil va simli ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida telekommunikatsiya infratuzilmasini Samarqand viloyatida yanada rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha konsepsiyasini kelishish to‘g‘risida;
— xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024 yil 24 sentyabrdagi «Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;
— viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.