Masalaga yechim topildi - avtoturargoh ochildi

Joriy yilning 6 oktyabr kuni Zarnews.uz rasmiy veb-saytida “Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazi oldidagi avtoturargoh nima maqsadda qurilgan?” hamda “Bizga faqat bino berilgan. Hovlida odamlarga qulaylik yaratolmaymiz” sarlavhali tanqidiy xabarlar e’lon qilingan edi.
Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi mazkur xabarlarga javoban bu avtoturargoh tadbirkorga qarashli ekanligi, Samarqand shahar Davlat xizmatlari markaziga keluvchi fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida tadbirkor bilan ushbu avtoturargohni ishga tushirish borasida muzokara olib borilayotganligini ma’lum qilgan edi.
“Kayumov Stroy Invest” MChJ mas’ullari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida muammo ijobiy hal etildi. Bugun, 11 oktyabrdan boshlab mazkur avtoturargoh ishga tushirildi hamda markazga keluvchi fuqarolar uchun xizmat ko‘rsatishni boshladi.
DXA Samarqand viloyati boshqarmasi axborot xizmati.