Past Darg‘om tumanida 246 tonna pilla yetishtirildi

Past Darg‘om tumani pillakorlari viloyatimizda birinchi bo‘lib davlatga pilla sotish shartnoma rejasini bajardilar. Tumandagi 2843 nafar pillakorlar zahmatli mehnati evaziga 4433 quti ipak qurti boqilib, 243,8 tonna o‘rniga 246,6 tonna yuqori sifatli pilla xomashyosi yetishtirdilar.

Tuman pillakorlari mavsumning dastlabki hosili hisoblangan davlatga pilla sotish rejasini 101 foizga bajarib viloyatda birinchi bo‘lishdi.