Qo‘shrabot bozorida kiyim-kechaklarni o‘g‘irlayotgan shaxs ushlandi
- 09.11.2020 11:12
- 392
- Jinoyat va jazo

Bulung‘ur tumani Nebo‘sa MFY yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan A. o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Qo‘shrabot tumani Qo‘rolos MFY hududida joylashgan “Qo‘shrabot dehqon bozori” hududidagi, fuqaro S.ga tegishli bo‘lgan bozor rastasidan bolalar kiyim-kechaklarini yashirin ravishda talon-toroj qilgan.
Shuningdek, A. ushbu bozorda takroran fuqaro B.ga tegishli bo‘lgan rastada turgan ayollar kiyim-kechaklarini yashirin ravishda talon-toroj qilayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
100 yillik “Guliston”
- Kecha, 17:46
- Samarqand
2025 yilning eng kuchli pasportlari
- Kecha, 11:45
- Xorij
Shahardagi tirbandlikka yechim bormi?
- 13/09, 09:58
- Iqtisodiyot
Achchiq ovqat umrni uzaytiradi(mi?)
- 12/09, 17:34
- Salomatlik