Samarkand Half Marathon: Marafonda 1 kilometrdan 50 kilometrgacha yugurish mumkin
- 30.10.2020 15:00
- 186
- Samarqand
Viloyat Matbuot uyida 1 noyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkaziladigan «Samarkand Half Marathon» (yarim marafon)ga tayyorgarlik jarayonlari bo‘yicha brifingda shu haqda so‘z yuritildi.
- Hozirgi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, musobaqani onlayn formatda o‘tkazyapmiz, - dedi Samarqand viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ro‘ziyev. - Bu orqali respublikamiz, ayniqsa, viloyatimizda turizm sohasini yanada rivojlantirish, dunyoning turli mamlakatlaridagi minglab odamlar e’tiborini jalb qilishga erishish mumkin.
Bu yil aniq belgilangan masofa yo‘q va har bir ishtirokchi 1 kilometrdan 50 kilometrgacha bo‘lgan masofani o‘z xohishiga ko‘ra bosib o‘tadi. Yarim marafonda qatnashish istagida bo‘lganlar 1 noyabrgacha www.samarkandhalfmarathon.uz saytida ishtirokchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Қизнинг бахти — отасининг соясида
- Kecha, 18:59
- Mutolaa
Baxshitepada “Behbudiy bog‘i” yaratildi
- Kecha, 18:06
- Jamiyat