Samarkand Half Marathon: Marafonda 1 kilometrdan 50 kilometrgacha yugurish mumkin

Viloyat Matbuot uyida 1 noyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkaziladigan «Samarkand Half Marathon» (yarim marafon)ga tayyorgarlik jarayonlari bo‘yicha brifingda shu haqda so‘z yuritildi.

- Hozirgi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, musobaqani onlayn formatda o‘tkazyapmiz, - dedi Samarqand viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ro‘ziyev. - Bu orqali respublikamiz, ayniqsa, viloyatimizda turizm sohasini yanada rivojlantirish, dunyoning turli mamlakatlaridagi minglab odamlar e’tiborini jalb qilishga erishish mumkin.

Bu yil aniq belgilangan masofa yo‘q va har bir ishtirokchi 1 kilometrdan 50 kilometrgacha bo‘lgan masofani o‘z xohishiga ko‘ra bosib o‘tadi. Yarim marafonda qatnashish istagida bo‘lganlar 1 noyabrgacha  www.samarkandhalfmarathon.uz saytida ishtirokchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.