“Samarkand Marathon” uch mingdan ziyod kishini birlashtirdi

Bugun, 6 noyabr kuni Samarqand shahrida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Samarkand Marathon” xalqaro xayriya yugurish marafoni boshlandi.

Marafonda 40 ga yaqin davlatdan 3305 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.

Xalqaro poygada ishtirokchilar 2,10, 21 va 42 kilometr masofalarni bosib o‘tadi.

Musobaqaning ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov, Samarqand shahar hokimi F.Umarov so‘zga chiqib, ushbu xalqaro xayriya marafoni yil sayin ommalashib borayotganini ta’kidlab, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.

Shundan so‘ng "Registon" maydonida musobaqaning 2 kilometrga yugurish bahslari start oldi.

Marafon davom etmoqda.