Sitora Hamidova: "Yarimmarafonda shaxsiy rekordimni yangiladim"

- Yugurish bo‘yicha uch karra jahon chempioniman. Ammo bugungi marafon xayriya tadbiri ekani bilan ahamiyatli, - deydi yarimmarafon g‘oliblaridan biri Sitora Hamidova. - Shu bois tashkilotchilarga menga ushbu marafonda qatnashish imkonini berganliklari uchun katta rahmat aytaman.

Marafon barcha qoidalar asosida tashkil etilgan, sharoitlar, tashkilotchilik a’lo darajada. Trassa murakkab, ammo yugurish bo‘yicha ayollar o‘rtasida 21 kilometrlik masofani birinchi bo‘lib bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldim. Bundan xursandman. Quvonchimning yana bir sababi shaxsiy rekordimni yangilaganimda. Ya’ni, 21 kilometrlik masofani oxirgi marta 1 soat 13 minut, 56 sekundda bosib o‘tgan edim. Bugun bu masofa uchun menga 1 soat 11 daqiqa 58 soniya kifoya bo‘ldi.

Husan Eltoyev yozib oldi.