1 noyabrda Samarqand shahrining ayrim ko‘chalarida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi
Joriy yilning 1 noyabr kuni Samarqand shahrida «Samarkand Half Marathon» (yarim marafon) o‘tkazilishi munosabati bilan, hokimining farmoyishiga asosan, soat 07:00 dan 13:00 ga qadar Samarqand shahrining quyidagi ko‘chalarida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi:
– Registon ko‘chasida joylashgan non rastasi oldidan Dahbed ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
– Qo‘shhovuz ko‘chasining Chorraha ko‘chasi bilan kesishmasidan Islom Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
– Imom Buxoriy ko‘chasining «Siyob dehqon bozori»dan Shohi Zinda ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
– Maroqand ko‘chasining Imom Buxoriy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Ibn Sino ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
– Vohid Abdullayev ko‘chasining Ibn Sino ko‘chasi bilan tutashmasidan Hazrati Xizr masjidigacha bo‘lgan qismida;
– Islom Karimov ko‘chasining Hazrati Xizr masjididan Shohi Zinda ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
– Shohi Zinda ko‘chasining “Siyob dehqon bozori»dan Mirzo Ulug‘bek rasadxonasigacha bo‘lgan qismida.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.