7 noyabr kuni ayrim ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi
Joriy yilning 5-7 noyabr kunlari Samarqand shahrida «Samarkand Half Marathon» xalqaro xayriya yarimmarafoni o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan tadbirlar bo‘lib o‘tadigan hududlarda jamoat tartibini saqlash va marafonni namunali tashkil etish maqsadida Samarqand shahar hokimi farmoyish qabul qildi.
Unga ko‘ra, 7 noyabr kuni soat 6:00 dan 15:00 ga qadar Samarqand shahrining quyidagi ko‘cha va hududlarida transport vositalarining harakati vaqti-vaqti bilan to‘xtatiladi va marafon ishtirokchilari harakatlanib bo‘lgan ko‘chalar ochib boriladi:
- Registon ko‘chasining “Non bozorchasi” oldidan Universitet xiyobonigacha bo‘lgan qismida;
- Dahbed ko‘chasining Registon ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Rudakiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Bog‘imaydon ko‘chasining Dahbed ko‘chasi bilan tutashmasidan Qo‘shhovuz ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Imom Buxoriy ko‘chasining Dahbed ko‘chasi bilan tutashmasidan Shohi Zinda ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Maroqand ko‘chasining Imom Buxoriy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Ibn Sino ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Chorraha ko‘chasining Dahbed ko‘chasi bilan tutashmasidan Bibixonim ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Ruhobod ko‘chasining Registon ko‘chasi bilan tutashmasidan Amir Temur maqbarasi orqali Universitet xiyobonigacha bo‘lgan qismida;
- Universitet xiyoboni ko‘chasida;
- G-34 yo‘lining Universitet xiyobonidan Muqimiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismida;
- Bo‘stonsaroy ko‘chasining Rudakiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyobonigacha bo‘lgan qismida;
- Amir Temur ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Abdurahmon Jomiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Abdurahmon Jomiy ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Mirzo Ulug‘bek ko‘chasining Abdurahmon Jomiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Bo‘stonsaroy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Ibn Sino ko‘chasining Rudakiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Oydin yo‘l ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Vohid Abdullayev ko‘chasining Ibn Sino ko‘chasi bilan tutashmasidan Hazrati Xizr masjid-majmuasigacha bo‘lgan qismida;
- Islom Karimov ko‘chasining Hazrati Xizr masjid-majmuasidan Shohi Zinda ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Shohi Zinda ko‘chasi “Siyob dehqon bozori”dan Ulug‘bek observatoriyasigacha bo‘lgan qismida.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.