Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand shahri ahlini qutladi

Azizlar! 18 oktyabr - Samarqand shahri kuni.

Dunyoda yurtlar, shaharlar ko‘p, ammo ular orasida qadimiy va hamisha navqiron Samarqandimiz yagona. Buyuk ajdodlarimizga beshik bo‘lgan, barchamiz uchun aziz va sevimli Samarqand shahri kuni muborak bo‘lsin!