Sholg‘omning shifobaxsh xususiyatlari

Sholg‘om bir qator xastaliklarda shifo hisoblanadi. Uning tarkibida qand, mineral tuzlar, V1, V2, V6, RR, karotin kabi vitaminlar, pantoten kislotasi, oqsil, karbon suvlari bor. Shuningdek, kaliy, kalsiy, temir, fosfor, natriy kabi moddalar ham mavjud.

⚫ Qaynatib pishirilgan sholg‘om shamollashga qarshi yaxshi vosita.

⚫ Uni go‘sht bilan pishirib, iste’mol qilinsa, ko‘krak va tomoq yumshashiga erishish mumkin.

⚫ Sholg‘omning bargi peshob haydash xususiyatiga ega. Buning uchun sholg‘omning 10 gramm bargi 100 gramm suvda damlanadi.

⚫ Sholg‘omdan universal dori tayyorlash uchun 2 osh qoshiq maydalangan sholg‘om ustiga 1 stakan qaynoq suv solib, 15 daqiqa davomida qaynatiladi. Undan har kuni chorak stakandan ichib turiladi. Bunday qaynatmaning 1 stakani uyqu oldidan iste’mol qilinsa, tinchlantiruvchi dori vazifasini o‘taydi. U bilan og‘iz g‘arg‘ara qilinsa, tomoq va tish og‘rig‘idan xalos bo‘lish mumkin.

⚫ Sholg‘om pishirilib yoxud xomligicha iste’mol qilinsa, ko‘zga foyda, nafas yo‘lini yaxshilaydi, yurak bezovtaligida ajoyib malham bo‘la oladi.

⚫ Sholg‘omning asal bilan aralashtirilgan sharbati yo‘talga barham beradi. Harorat ko‘tarilganida, tomoq og‘riganda naf keltiradi.

⚫ Pishirilgan sholg‘omning bo‘tqasi bo‘g‘imlarga tuz yig‘ilganida og‘riqdan xalos etadi. Uni og‘rigan joyga qo‘yib, bog‘lab qo‘yish kifoya.

⚫ Sholg‘omning pishirilgani va sharbati shamollash tufayli ovoz yo‘qolganda, bronxial astmada, tish og‘rig‘ida ijobiy natija beradi. U antiseptik ta’sirga ega.