Statistika idoralari xodimlari uchun o‘quv-seminar uyushtirildi

Zamon talabi bilan ijtimoiy tarmoqlarda korxona va tashkilotlar o‘z sahifasini ochib, faoliyati haqida axborot berib bormoqda. Axborotning ochiqligi, erkinligi va haqqoniyligiga yo‘l ochilgan bir paytda tegishli tashkilotlar kerakli ma’lumotlarni bera olayaptimi?

Bugun viloyat Matbuot uyida statistika xodimlari ishtirokida “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning mohiyatini keng targ‘ib etish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminarida bu haqda aytib o‘tildi.
Statistik ma’lumotlar aynan odamlarni qiziqtirishi bois ushbu soha xodimlariga axborot so‘rab murojaat etgan shaxslarga qonun doirasida axborot berish lozimligi tushuntirildi.

X.ERNAZAROVA.