’’Surxondaryo tandiri’’ boshqa viloyatlarnikidan nimasi bilan farq qiladi?

Samarqandda xalqaro gastronomik festivali o‘z ishini boshladi.
Unda surxondaryolik oshpaz Botir Bozorboyev ’’tandir go‘shti’’ taomini tayyorlamoqda.
Bugungi festival milliy taomlarimizni dunyoga tanitish, oshpazlarning tajriba almashishiga xizmat qiladi,- deydi u. - ’’Surxondaryo tandiri’’ xuddi Samarqand nonini boshqa joyda tayyorlab bo‘lmaganidek o‘ziga xosdir. Bugun festivalda 18 kilogramm go‘sht qiladigan qo‘yni so‘yib, tandirga osdik. Hidli archa shohlaridan cho‘g‘ qilib pishirishni boshladik.
Buvaydalik oshpaz Murodali Haydarov esa farg‘onacha osh pishiryapti. U 50 kilogramm guruchdan osh damladi.
- ’’Buvayda ishlab chiqarish tansiq taomlari’’ MChJ rahbariman, - deydi Murodali aka. - Bugungi festivalga 4 nafar shogirdim bilan mahalliy devzira guruchimiz, qo‘y go‘shti va dumba yog‘ini qozonga bosdik. Ilk bor tashkil etilayotgan festivalda katta tassurotlarga ega bo‘lyapman.