Tibbiyot instituti bitiruvchilari uchun yangi yo‘nalishda 1 yillik rezidentura joriy etiladi
- 08.01.2024 20:06
- 109
- Salomatlik

Yurtimizda birlamchi tizim tibbiyot xodimlari mehnati samaradorligini rag‘batlantirish orqali oilaviy shifokor maqomini oshirish rejalashtirilmoqda.
Xususan, “Aholi salomatligi —2030” milliy strategiyasi loyihasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, tibbiyot instituti bitiruvchilari uchun oilaviy shifokorlik yo‘nalishi bo‘yicha 1 yillik rezidentura joriy etish ko‘zda tutilyapti.
Bundan tashqari, rezidenturani tugatganlik sertifikatiga yoki litsenziyaga ega oilaviy shifokorlarning oylik ish haqini 2 barobarga oshirish mo‘ljallanmoqda.
Bu ishlarni respublika va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirish rejalashtirilgan.
Teglar:
tibbiyot instituti
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
"Shifobaxsh" olma
- Kecha, 17:46
- Maslahat
Dunyodagi g‘ayrioddiy kinoteatrlar
- Kecha, 17:39
- O'qing, qiziq!