Amerikaliklarga bo‘g‘ma ilon go‘shtini iste’mol qilish taklif etiladi

Amerikaning Florida shtati aholisiga tropik mamlakatlarda yashovchi yirik bo‘g‘ma ilon - piton go‘shtini o‘z taomnomasiga qo‘shish taklif etiladi. Mahalliy hukumat shu yo‘l bilan mintaqadagi ilonlar sonini nazoratga olmoqchi, deya xabar beradi CNN.

Pitonlar shtatning janubida Evergleyds milliy bog‘ida juda tez ko‘paya boshladi. Ularning populyasiyasi shunchalik o‘sib ketdiki, u boshqa hayvonlarga tahdid sola boshladi.

Hozir olimlar ilon go‘shtida simob miqdorini aniqlash bo‘yicha izlanish olib bormoqda. Agar go‘shtning xavfsiz ekanligi aniqlansa, mutaxassislar Florida janubidagi aholi uchun pitonlarni iste’mol qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.

Hozircha baliq zaxirasi va yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish bo‘yicha maxsus komissiya mahalliy aholini ilonlarni yo‘q qilish hamda ularni ko‘rganligi to‘g‘risida mahalliy hokimiyatni xabardor qilishga chaqirmoqda.