Aqsh nega neft eksportini taqiqlagandi?

Eksportning yangi yo‘nalishlaridan biri Hindiston bo‘ldi. Avvalari bu davlat AQShdan neft xarid qilmagan. 

Kanada AQShdan o‘tgan yili jami eksport qilingan neftning 29 foizini sotib olgan (2016 yilda – 61 foiz). Ikkinchi eng yirik import qiluvchi mamlakat Xitoy bo‘ldi – 20 foiz.

AQSh 2015 yildan buyon neftni eksport qilishni qayta boshlagan. 1975 yilda mamlakatda energetik inqiroz tufayli xorijga sotilishi taqiqlab qo‘yilgandi. 1973 yilda barcha arab davlatlari Isroilni urushda qo‘llab-quvvatlagan mamlakatlarga "qora oltin"ni yetkazishdan bosh tortgandan so‘ng dunyoviy inqiroz boshlangan.  O‘shanda neft bahosi barreliga 3 AQSh dollaridan 12 AQSh dollarigacha ko‘tarilgandi.