Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Chiqindi qutilari qayerlarda majburiy tartibda o‘rnatilishi lozim?

Quyidagi joylarda majburiy tartibda chiqindi qutilari o‘rnatilishi lozim:

- ko‘p kvartirali uylarning pod’yezdiga kirish yo‘lida – 1 ta;

- tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tashkilotlar, shuningdek, savdo ob’yektlarining binosiga kirish (chiqish) yo‘lida – 1-2 ta;

- metro, yer osti va yer usti o‘tish joylarining har bir kirish (chiqish) yo‘lida – 2 ta;

- aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini va hordiq chiqarishini qondirish uchun mo‘ljallangan ob’yektlarda (madaniyat va istirohat bog‘lari, o‘rmon massivlari, bog‘lar, bulvarlar, skverlar, xiyobonlar va boshqalar) – ob’yektning har 800 m maydonida 1 ta va yo‘laklar va yo‘lkalar chizig‘i bo‘ylab o‘rnatilganda bir-biridan 40 metrdan uzoq bo‘lmagan masofada;

- bozorlar va savdo ob’yektlarida (supermarket, gipermarket va boshqalarda) – ob’yektning har 250 m2 maydonida 1 ta va savdo do‘konlari qatori bo‘ylab o‘rnatilganda – bir-biridan 10 metrdan uzoq bo‘lmagan masofada;

- jamoat yo‘lovchi transport bekatlarida – 1-2 ta;

- avtoturargohlar va avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash maydonchalariga kirish (chiqish) yo‘lida – 1-2 ta;

- davolash muassasalarining hovli hududida – ob’yektning har 700 m2 maydonida 1 ta, asosiy alleyalarda esa – bir biridan 10 metrdan uzoq bo‘lmagan masofada;

- chekish uchun maxsus ajratilgan joylarda – 1-2 ta;

- plyajlar va suv akvatoriyalari (daryolar, ko‘llar, ko‘rfazlar yoki hovuzlar)ga tutash rekreatsiya zonalarida – suv bo‘linishidan 15 m hamda yashil ekinlardan 3 – 5 m uzoqlikda joylashtirgan holda, ob’yektning har 800 m2 maydonida 1 ta;

- ko‘p kvartirali uylar atrofidagi hududlarda va markaziy maydonlarda, yo‘lkalarda hamda magistral ko‘chalarning piyodalar zonasi bo‘ylab, shuningdek, ko‘priklarda – hududdan foydalanish intensivligidan kelib chiqib, piyodalar serqatnov hududda – har 50 metrdan oshmagan masofada va odam kam joylarda – har 100 metrdan oshmagan masofada 1 tadan.