Android qurilmalar uçun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş x

Davr feʼlni özgartiradimi yoki feʼl davrni?

Bolaligim daşt hududdagi qişloqda ötgan. Odamlar asosan çorva mollarini boqiş bilan kun ötkazardi. Oqar suv bölmagani uçun hovlilarda mevali daraxtlar ekilmas, ora-sira xonadonlarning quduği oldida tut yoki qayrağoç daraxtiga közingiz tuşardi.

Qişloğimiz bolalari qişdan çiqqaç, tut pişiğini kutardik. Tut pişgan davrlar özimizning daraxtdagi tut mevalarini yeb bitirib, boşqalarning hovlisiga “öğirlik”ka tuşardik.

Aksariyat qöni-qöşnilarga “tut yegani keldik” desak, ikkilanmay ijozat berişardi. Ammo bir çol-kampir yaşaydigan hovli-joy bor ediki, birontamizni “tutzori”ga yaqinlaştirmasdi. Çolning feʼli tor bölib, jahldorligi, mayda-çuyda narsalarga ham asabiylaşişi, feʼl-atvori çatoqligi bois, hovlisiga birov kirib-çiqqanini kam körardik.

Nimagadir, şu çolning hovlisidagi tut közimizga boşqaça körinardi. Çolning kampiri, “Qöying, şu bolalar yemasa, kim yeydi? Çuğurlaşadigan bolalaringiz bölmasa, rohatini quşlar köryapti-ku!”, desa-da, otaxon bizni har doim quvib solardi...
Qişloğimiz atrofidagi xöjalik yerlariga yuzlab gektar lalmi tarvuz ekilardi.

Pişiqçilik mavsumi kelganda, eşakning beliga xurjun ilib, tarvuz “öğirligi”ga borardik. Agar Töra bobo qorovul ekanligini bilsak, tarvuz “polya”ga hayiqmasdan kiraverardik. Çunki otaxon feʼli keng, bağrikeng, oçiqköngil inson edi. Biz, “öğrilar”ni körib qolsa (köp hollarda körmaslikka olardi), “Xurjunlaringga siqqaniça olaveringlar, “sovxoz” buni sizlar uçun ekkan. Faqat palagini ezib taşlamasanglar böldi”, derdi...

Umrimizning salkam yigirma yili sobiq ittifoq davriga töğri keldi. Mustamlaka siyosati ustun bu davrda na feʼlimizni körsatoldik, na bir xunimizni talab qildik. Xalqimizning irodasi, jilovi boşqa millatga mansub iş yurituvçilar qölida edi.
Mustaqillikka erişganimizdan keyin davlatçilik asoslarimizni tikladik, xalqimizning köp asrlik orzu-umidi röyobga çiqdi, milliy taraqqiyot yölimizni belgilab oldik. Ammo “tor köngilli beklar”imiz feʼlini keng qilmadi. Dunyoga oçilmadik – yon qöşnilarimiz bilan ham nizolaşdik. Bu xalqlarimiz örtasidagi munosabatlarga ham salbiy taʼsir qildi. Har narsada gina-kudurat izlangani tufayli, jahonning nufuzli siyosiy, ilmiy, moliyaviy taşkilotlari bizdan yuz ögirdi. Birovga yordam qölini çözmadik, öz navbatida, heç bir mamlakat ham muammolarimizni yeçişga kömak bermadi.

Şukrki, keyingi ön yil mobaynida feʼlimizni keng qildik. Yaqin ötmişdagi xatolardan xulosa qilgan holda nafaqat qöşnilarimiz, balki dunyo mamlakatlari bilan döstlik, bağrikenglik siyosatini olib boryapmiz. Davlat rahbarlarining özbek madaniyatiga xos keng feʼlligi, oğir va bosiqlik bilan iş tutişi, borimizni boşqalar bilan bölişişi odamlarimizning ham feʼlini, dunyoqaraşini özgartirdi.

Birgina misol, ön yil avval yurtimizga keladigan sayyohlar oqimi bir millionga ham yetmasdi. Hatto özimiz xorijga sayohat qiliş u yoqda tursin, mamlakatimiz hududidagi tarixiy şaharlarni, madaniy meros obʼyektlarini ziyorat qilişni ep körmasdik. Joriy yilning ön oyi davomida respublikamizga 11,5 milliondan ziyod xorijiy sayyoh turistik maqsadlarda taşrif buyuribdi.

“Kengga – keng dunyo, torga – tor dunyo”. Xalqimiz donişmandlari taʼkidlagan uşbu iboraning naqadar hayotga yaqinligini his etmoqda. Yaʼni, keng feʼllik insonga naqadar gözal xislatlarni, imkoniyatlarni hadya etişiga guvoh bölmoqda.

Nazarimda, tarixni şaxslar yaratgani kabi keng feʼlli, sabr-toqatli, oçiqköngil insonlar davrni özgartiradi. Ular oilada, döstlar davrasida, jamoada va jamiyatda soğlom muhit yarata oladi.

Abduğofur ŞERXOLOV.