Bayroğimiz – maʼnaviyat va ğururimiz timsoli
Bir kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir manzaraga közim tuşdi...
Xalqaro musobaqada ğoliblikni qölga kiritgan samarqandlik yoş sportçi qiz şarafiga Davlat bayroğimiz baland kötarilayotgan edi. U esa bir nuqtaga qadalgan nigohlari bilan hilpirayotgan bayroğimizdan köz uzmas, közlaridan sizib çiqqan yoş tomçilari yuzi böylab oqardi. Bu yoşlarda quvonç ham, hayajon ham, yillar davomida qilingan mehnat samarasi, eng muhimi, Vatan şarafini uluğlaş baxti mujassam edi.
Öşa lahzalarda bir haqiqatni yana bir bor anglaysan: bayroq şunçaki mato emas. U – yurt şaʼni, xalq ğururi, mustaqillik ifodasi, millionlab insonlarni birlaştiruvçi muqaddas timsol. Uning xalqaro maydonlarda baland kötarilişi esa har bir yurtdoşimiz qalbida faxr va iftixor tuyğularini uyğotadi.
Har yili 18 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kunni nişonlaymiz. 1991 yilning şu sanasida «Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida»gi Qonun qabul qilingan. Bu tarixiy sana nafaqat milliy davlatçiligimiz tarixidagi muhim voqea, balki mustaqillikning qadri, milliy özligimiz va Vatanga daxldorlik tuyğusini yana bir bor anglaş imkoniyatidir.
Bayroğimizga nazar taşlaganimizda, unda xalqimizning orzu-intilişlari, tinç va osuda hayotga bölgan ezgu niyatlari, yoruğ kelajakka işonçi mujassam ekanini his etamiz. Undagi moviy, oq va yaşil ranglar, qizil çiziqlar, yarim oy va yulduzlar öziga xos ramziy maʼnolarni ifoda etadi. Bu ranglar va belgilar qalbimizda Vatanga muhabbat, poklik, ezgulik va yangilaniş tuyğularini uyğotadi.
Biroq davlat ramziga hurmat faqat bayramlarda bayroq kötariş, uning oldida taʼzim qiliş yoki tantanali marosimlarda iştirok etiş bilan çeklanmaydi. Haqiqiy hurmat, avvalo, uning şaʼniga munosib yaşaşda namoyon böladi. Yurt tinçligini asraş, halol mehnat qiliş, öz vazifasiga masʼuliyat bilan yondaşiş, qonunlarga hurmat bilan qaraş va mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qöşiş ham Vatanga sadoqatning yorqin ifodasidir.
Bugun sportçilarimiz, sanʼatkorlarimiz, olimlarimiz va turli sohalarda faoliyat yuritayotgan yurtdoşlarimizning xalqaro maydonlarda erişayotgan yutuqlari orqali bayroğimizning yanada baland kötarilayotganiga guvoh bölyapmiz. Ayniqsa, ğoliblik şohsupasida turgan sportçimiz nigohlarini bayroğimizga tikkan, madhiyamiz yangragan onlarda közlariga yoş olgan lahzalar har qanday insonni befarq qoldirmaydi. Çunki bu ğalaba ortida nafaqat bir sportçining yutuği, balki butun bir xalqning quvonçi, yurtdoşlarining duosi va Vatan şaʼnini uluğlaş istagi mujassam.
Bunday muvaffaqiyatlar yoş avlod uçun katta ibrat maktabidir. Ular har qanday yutuq ortida maşaqqatli mehnat, sabr-toqat, intizom va qatʼiyat turganini anglaydilar. Eng muhimi, öz iqtidori, bilimi va mehnati bilan yurt nomini dunyoga tanitiş mumkinligini his etadilar. Demak, bayroğimiz nafaqat mamlakatimizning xalqaro maydondagi timsoli, balki yoşlarni ezgu maqsadlar sari ruhlantiruvçi maʼnaviy kuç hamdir.
Yurtimizda, xususan, viloyatimizdagi taʼlim muassasalari, kutubxonalar, mahallalar va madaniyat maskanlarida taşkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ham davlat ramzlariga hurmat tuyğusini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday uçraşuvlarda yoşlarga bayroğimizning tarixi va ramziy maʼnosi tuşuntirilişi bilan birga, uning şaʼniga munosib böliş, yurt obrösini asraş, jamiyat hayotida faol iştirok etiş kabi ezgu tuşunçalar singdiriladi.
Davlat ramzlariga hurmat oiladan, taʼlim muassasasidan, mahalladan boşlanadi. Bolaning qalbida Vatanga muhabbat, milliy ğurur va daxldorlik tuyğularini şakllantirişda kattalarning şaxsiy namunasi muhim örin tutadi. Zero, bayroğimizning haqiqiy qadri uning baland hilpiraşidagina emas, balki xalqimiz qalbida uyğotadigan birdamlik, milliy ğurur va Vatanga sadoqat tuyğularidadir. Uni ardoqlaş esa har birimizning muqaddas burçimizdir.
Abror Şaxlasov,
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati bölimi boş mutaxassisi.