Dunyoda yil boshidan buyon 1 million kishi koronavirusdan vafot etdi

Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus navbatdagi bayonotida ma’lum qildi.

Shundan kelib chiqib, u barcha mamlakatlarni COVID-19ga qarshi yanada faol kurashishga chaqirdi. Birinchi navbatda, tibbiyot xodimlari, keksa yoshli insonlar hamda aholining xavf guruhiga mansub qatlami keng qamrovda emlanishi zarurligini ta’kidladi.

JSST rahbarining qayd etishicha, ommaviy emlash darajasi 10 foizdan past bo‘lgan davlatlar soni 10 tani tashkil etyapti. Dunyo aholisining uchdan bir qismi, jumladan, kam daromadli mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatuvchi tibbiyot xodimlarining uchdan ikki qismi hamda keksalarning to‘rtdan uch qismi emlanmagan.