Dushmanning ham foydasi bor...

Bir davlatda ilohiy taqdirga shunchalik ishonishar ekanki, o‘limga hukm qilinganlarga qatl qilinishidan oldin taqdir qur’asini tashlashni taklif qilish urf-odati bor ekan. Xaltachada ikkita “Hayot” va “O‘lim” deb yozilgan varaqachalar turar, agar mahkum birinchi varaqani chiqarib olsa, u avf etiladi, ikkinchisini tortib olsa, hukm darhol amalga oshiriladi. Har bir mahkum so‘nggi lahzagacha umid qilar, hakamlar esa “tepadan”  ular qabul qilgan qarorning xolisligini ta’kidlaydigan qo‘shimcha ovozni kutisharkan.

Bir odam savdo-sotiq bilan shug‘ullanib, o‘z ishini ochibdi, ishlari gullab-yashnashi bilan uning dushmanlari ham ko‘paya boshlabdi. Ular bo‘hton uyushtirib, uni kamoqqa olishga, keyinchalik o‘limga hukm qilishga erishibdi.

Dushmanlar mahkumni qutqarib qolish imkoniyati borligini bilib, xaltachadan “Hayot” yozuvi bo‘lgan varaqani chiqarib, o‘rniga “O‘lim” yozilgan varaqani tashlab qo‘yibdi. Endi savdogarning hayotini saqlab qolish uchun hech qanday imkoniyat qoldirishmapti. Chunki u qaysi varaqni tortib olmasin, o‘lim jazosi muqarrar.

Savdogarning do‘stlari dushmanlarining fitnalari haqida bilib qolibdi va qamoqxonaga kelib, unga xaltachadagi qog‘ozchalar to‘g‘risida hakamlarga aytib berishini maslahat beribdi.

Mahkum xabardan xursand bo‘lib, bu hol uni qutqarishini va do‘stlaridan bu haqda hech kimga aytmaslikni iltimos qilibdi.

Ertasi kuni savdogar xaltachadan qog‘ozni tortib olishi bilanoq, o‘zini xursand qilib ko‘rsatib, uni yutib yubordi. Hakamlarning esa xaltachada qolgan qog‘ozni olib o‘qishdan boshqa chorasi qolmadi.

Shu tariqa dushmanlari uni o‘limga tayyorlayotib, bexosdan najotga olib borishdi.

Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.