Futbol. O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Indoneziyada o‘tadigan turnirda qatnashadi

Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Jakarta mezbonlik qiladigan musobaqada U-17 Jahon chempionati ishtirokchilari — Indoneziya, Mali va Tojikiston U-17 terma jamoalari ham ishtirok etadi.

2008 yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun sentyabr oyida Ispaniyada yig‘in o‘tkazgan holda Angliya, Kanada va Marokashga qarshi o‘yinlar o‘tkazadi. Shu sababli Indoneziyadagi musobaqada 2009 yilda tug‘ilgan futbolchilardan tarkib topgan U-16 termasi ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Quyida O‘zbekiston U-16 terma jamoasining ushbu turnirdagi o‘yinlari sanasi keltirilgan:
12 avgust
O‘zbekiston U-16 — Mali U-1
15 avgust
O‘zbekiston U-16 — Indoneziya U-17
18 avgust
O‘zbekiston U-16 — Tojikiston U-17