Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Kamaz” urib ketgan velosipedchi voqea joyida vafot etdi

13 may kuni soat 08:10 larda Andijon viloyatining Buloqboshi tumani, Barlos MFY, Bozorxidirsha ko‘chasi hududidan o‘tgan 4R-137 “Xo‘jaobod-Buloqboshi” avtomobil yo‘lining 11-kilometrida haydovchi - 1986 yilda tug‘ilgan M.Sh. “Kamaz-5511” rusumli yuk transport vositasini boshqarib ketayotib, yo‘l qatnov qismining belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan velosiped haydovchisini urib yuborib, YTH sodir etgan.

Oqibatda velosiped haydovchisi - 1990 yilda tug‘ilgan R.X. (erkak) olgan og‘ir tan jarohatlari sabab YTH joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deb xabar berdi IIV YHXBB axborot xizmati.