Android qurilmalar uçun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş x

Şamollaş va quloq oğriğida özboşimçalik qiliş xunuk oqibatlarga olib kelişi mumkin

Kuz-qiş mavsumida burun bitişi, tomoq oğriği, aksiriş yoki quloqda oğriq paydo bölişi köpçilik uçun taniş holat.

Bunday paytda ayrimlar şifokorga murojaat qiliş örniga, uy şaroitida qöllanadigan odatiy usullar bilan davolanişga harakat qiladi. Ammo xalq orasida keng tarqalgan usullar har doim ham foydali bölavermaydi. Ayrim notöğri harakatlar kasallikning keçişini oğirlaştirişi va asoratlar kelib çiqişiga sabab bölişi mumkin.

Issiq muolajalar har doim ham foydali emas

Tumov, burun bitişi yoki yuz sohasida oğriq paydo bölganda issiq tuxum, qizdirilgan tuz yoki boşqa issiq vositalarni qöllaş odatiy holga aylangan. Biroq bu usullar barça vaziyatlarda ham tavsiya etilmaydi.

Ayniqsa, burun yondoş böşliqlarining ötkir yalliğlanişi, yuqori harorat yoki yiringli jarayonga şubha bölganda, şifokor maslahatisiz issiq muolajalar ötkaziş töğri emas. Bunday vaziyatda asosiy vazifa — kasallik sababini aniqlaş va tegişli davolaşni öz vaqtida boşlaşdir.

Quloq oğriğida yöl qöyiladigan xatolar

Quloq oğriği paydo bölganda eng köp uçraydigan xatolardan biri — quloqni paxtali tayoqçalar bilan çuqur tozalaşdir. Bu harakat quloq oltingugurtini içkariga surib, tiqin hosil bölişiga, taşqi eşituv yöli terisining şikastlanişiga va yalliğlanişga olib kelişi mumkin.

Yana bir xavfli odat — şifokor körigisiz turli quloq tomçilaridan foydalaniş. Ayniqsa, noğora pardasi şikastlangan yoki teşilgan bölsa, ayrim preparatlar eşitiş aʼzosiga salbiy taʼsir körsatişi mumkin. Şuning uçun quloq oğriğida dori vositalarini tanlaş LOR şifokori tavsiyasi asosida amalga oşirilişi lozim.

Burunni tozalaş va dori vositalarini qöllaşda ehtiyot böling

Burunni juda kuçli qoqiş, ayniqsa, ikkala burun katagini bir vaqtning özida qattiq qisib tozalaş burun böşliğida bosimni oşiradi. Bu esa şilliq ajralmalarning eşituv nayi tomonga harakatlanişiga va quloqda noqulaylik paydo bölişiga sabab bölişi mumkin.

Burunni tozalaşda uni navbatma-navbat, ehtiyotkorlik bilan qoqiş tavsiya etiladi. Tuzli eritmalar bilan burunni yuviş ham foydali böladi, ammo bu jarayonda töğri texnikaga rioya qiliş va steril yoki qaynatib sovutilgan suvdan tayyorlangan eritmalardan foydalaniş muhim.

Şuningdek, şamollaşning dastlabki kunlarida antibiotiklarni özboşimçalik bilan qabul qiliş ham notöğri. Çunki ötkir respirator infeksiyalarning aksariyati viruslar tomonidan kelib çiqadi, antibiotiklar esa viruslarga taʼsir qilmaydi. Ularni faqat şifokor körsatmasi va asosli klinik zarurat bölganda qöllaş lozim.

Qaçon şifokorga murojaat qiliş kerak?

Agar tana harorati bir neça kun davomida yuqori bölib tursa yoki pasaygandan keyin yana kötarilsa, yuz, peşona yoki quloq sohasida kuçli oğriq kuzatilsa, eşitiş pasaysa, quloqda şovqin paydo bölsa, mutaxassis körigini keçiktirmaslik kerak.

Ayniqsa, nafas oliş yoki yutiş qiyinlaşganda, quloq orqasida şiş va oğriq paydo bölganda şoşilinç tibbiy yordamga murojaat qiliş zarur.

Xulosa

Burun, quloq va tomoq salomatligiga befarq bölmaslik, kasallikning dastlabki belgilariga eʼtibor qaratiş va özboşimçalik bilan davolanmaslik muhim. Oddiy köringan xatolarning oldini oliş orqali köplab asoratlardan saqlaniş mumkin. Soğlom turmuş tarzi, töğri parvariş va öz vaqtida mutaxassisga murojaat qiliş — LOR aʼzolari salomatligini asraşning eng muhim şartlaridir.

Kamola Raupova,

Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2-son otorinolaringologiya kafedrasi assistenti.