Андроид қурилмалар учун Zarnews.uz мобил иловаси. Юклаб олиш x

Kichik grantlar tanloviga arizalar qabul qilish e’lon qilindi

“Search for common ground” va mahalliy "Istiqlol avlodi" NNT tomonidan Jizzax, Namangan va Samarqand viloyatlarida yashovchi fuqarolar va qurolli mojarolar hududlardan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish bo'yicha bir qator tadbirlar o'tkazish uchun NNT lar o'rtasida kichik grantlar tanloviga arizalar qabul qilishni e’lon qiladi.

Mazkur loyihalar Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko'magida "Search for common ground" va "Istiqlol avlodi" NNT tomonidan amalga oshirilayotgan "Markaziy Osiyo mamlakatlarida ijtimoiy birdamlikni mustahkamlash" loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Grantlar tanlov asosida beriladi. Grantlar berish qurolli mojarolar hududlardan qaytganlarni huquqiy, psixologik va ijtimoiy reabilitatsiya va reintegratsiyasi uchun zarur moddiy ta'minlashga qaratiladi.
Arizalar davlat ro'yxatidan o'tgan NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan qabul qilinadi.

Grantlar miqdori: 24 million so'mgacha
Muddat: 2021 yil 19 dekabr.

Batafsil