"Nurlanish me’yoridan ortiq": Fransiya iPhone 12 sotuvini to‘xtatmoqchi

Mamlakat rasmiylari juda ko‘p elektromagnit nurlanish tufayli Apple kompaniyasiga iPhone 12 sotuvini to‘xtatishni buyurgan.

Fransiyadagi radiochastotalarni kuzatuvchi agentlik laboratoriyalar elektromagnit energiyaning tana tomonidan yutilishini har bir kilogramm uchun 5,74 vatt darajasida qayd etganligini ta’kidlagan. Chunki bu bo‘yicha standart uchun 4 vatt hisoblanadi deb yozadi OAV.

Agentlik Appleni sotilgan gadjetlarni talablarga moslashtirishni qadar tezlatishga chaqirgan. Aks holda, kompaniya o‘z mahsulotlarini qaytarib olishga majbur bo‘ladi.

12 sentyabr kuni Apple o‘zining yillik kuzgi taqdimotini o‘tkazdi. Unda u iPhone 15 seriyali smartfonlar va bir nechta yangi soatlar - Apple Watch Series 9 i Apple Watch Ultra-2 ni taqdim etgan.

Bundan oldin MacRumors nashri taniqli insayder va Bloomberg muxbiri Mark Gurmanga tayanib, Apple ushbu seriyadagi eng yangi model iPhone-13 Minining yangi nusxalarini ishlab chiqarishni to‘xtatish niyatida ekanligini yozgan edi. Jurnalistning tan olishicha, kompaniya Mini seriyasiga talab pastligi sababli uni yopishga qaror qilgan.