Oddiy usullar: iste’mol sodasining biz bilmagan xususiyatlari

Iste’mol sodasining siz bilmagan yangi usullari borki, bugun amalda sinab ko‘rishingiz mumkin, deb yozmoqda AdMe.ru. 

 Oyoq shishidan qutilishning yo‘li

Ko‘pchilikda 30 yoshdan keyin oyoq shishi boshlanadi. Bu to‘qimalarda tuz yig‘ilishi bilan bog‘liq jarayon. Shishdan qutilishda iste’mol sodasi yordam beradi.

1 stakan qaynoq suvga 1,5 choy qoshiq soda soling. Issiq aralashmaga paxtali paypoqni botirib, so‘ngra uni siqib tashlang va oyog‘ingizga kiying. Ustidan polietilen paket o‘rab, so‘ngra quruq paypoq kiying. Shu holda tun bo‘yi qoldirsangiz ham bo‘ladi. 8 soatdan keyin oyog‘ingizdagi o‘zgarishga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz.

 Dog‘larni yo‘qotishda yordam beradi

Oppoq kiyimlarda terdan qolgan sariq dog‘larni yo‘qotish uchun, 2 osh qoshiq iste’mol sodasiga 4 osh qoshiq vodorod perekisini va 1 choy qoshiq idish-tovoq yuvishda ishlatiladigan geldan solib aralashtiring. Aralashmani kiyimdagi dog‘li joyga surtib, 15-20 minut qoldiring.  Buni qo‘llashda yupqa matolardan ehtiyot bo‘ling. Aralashmani tez-tez matoda qo‘llash yaramaydi, kiyim yirtilib qolishi mumkin.

Jinsi matodagi o‘t-o‘lan va qon dog‘larini iste’mol sodasi orqali bartaraf etish mumkin. Buning uchun issiq suvga ozroq soda solib, uni 30 minut suvda qoldirish kerak. Keyin cho‘tka yordamida yuvib tashlash lozim.

Poliamid yoki poliesterdan tayyorlangan paxmoq matolarni yuvishdan oldin dog‘li joylariga soda sepish kerak. 15 minutdan keyin yuvib tashlanadi.

Choyshab va kiyimlarni yumshatadi

Agar sodali suvga choyshablar bir sutkaga qoldirilsa, ular yumshaydi (5 l suvga 1-1,5 osh qoshiq soda solish kerak). Ushbu usuldan so‘ng matoni kir yuvish kukunida yuvib tashlasangiz, choyshab oddiy yuvilgandan ko‘ra toza bo‘lganini ko‘rasiz.

Poyabzal tagligini oqartiradi

2 choy qoshiq iste’mol sodasiga 1 choy qoshiq vodorod perekisi va 1 choy qoshiq suv solib aralashtiring. Cho‘tka yordamida aralashmani krossovka tagligiga surib, ehtiyotkorlik bilan tozalang.

Jismoniy mashqdan so‘ng qutqaruvchi vosita

Trenirovkadan so‘ng mushakdagi og‘riqlarni sodali vanna yo‘qotadi. Dastlab vannaga issiq suv quying, so‘ngra iste’mol sodasi aralashtiring. 20 minut vanna qabul qilsangiz, teringiz yumshab, og‘riq yo‘qoladi.