Qo‘shrabotda afv etilgan ayol kutubxonachi sifatida ish boshladi

Viloyat hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yo‘l xaritasi"ga muvofiq Qo‘shrabot tumanida ham qator ishlar olib borilmoqda.
- Ko‘pincha tadbirkorliq qilish, kredit olish haqida gap ketganda, xotin-qizlarning bu masalaga juda ehtiyotkorona yondashuvini kuzatamiz, - dedi Qo‘shrabot tumani hokimi o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Mashhura Shamsiyeva. – Bu qo‘rquvni yengishni o‘rgatish, ularga mavjud imkoniyatlarni ko‘rsatish maqsadida yaqinda katta tadbir o‘tkazildi. Unda tumanda allaqachon tadbirkor sifatida tanilgan ayollar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, anjumanda viloyat markaziy bank va tijorat banklari vakillari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, “Tadbirkor ayol” uyushmasi, xotin-qizlar tadbirkorligi markazi vakillaridan iborat ishchi guruh tumandagi o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish orqali oilasi daromadi va farovonligini yanada oshirish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga zarur tavsiyalarni berishdi.
Bugungi kunda tumanda 7 nafar probatsiyada turgan ayollarning 4 nafari ishga joylashtirilgan bo‘lib, bir nafari tadbirkorlik qilish istagini bildirgan. Bir nafar afv etilgan ayol esa kutubxonachi sifatida ish boshladi.