Samarqandda quvib o‘tish qoidasini buzgan Nexia-2 beton to‘siqqa urilib, pastlikka tushib ketdi

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, voqea bugun, 19 sentyabr kuni 10:00larda M-39 avtomobil yo‘lining 1080-kilometrida sodir bo‘lgan.
Nexia-2 rusumli transport vositasi haydovchisi quvib o‘tish qoidasini buzib, o‘zidan oldinda ketayotgan shu rusumdagi mashinaning o‘ng tarafidan quvib o‘tayotganda yo‘l chetidagi beton to‘siqni urib o‘tib, pastlikka tushib ketgan.
Hodisa oqibatida haydovchi yengil tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.