Samarqandda 70 yoshli fuqaro vafoti yuzasidan tekshiruv boshlandi
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berishicha, Samarqand tumanida 70 yoshli fuqaro vafot etgani yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari boshlangan.
Marhumning o‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, II guruh nogironi bo‘lgan, so‘nggi paytlarda alsgeymer kasalligi bilan kurashib kelgan otasi 10 aprel kuni sirli ravishda g‘oyib bo‘lgan. Bir sutka davomidagi qidiruvdan so‘ng uni Samarqand shahar IIB Samarqand tumani ruhiy xastaliklar shifoxonasiga olib borib qo‘yganini aniqlashgan.
Bundan jahli chiqqan o‘g‘il otasini o‘sha kunning o‘zidayoq otasini uyga olib kelmoqchi bo‘lgan. Biroq shanba kuni bo‘lgani, ish kunlari tugagani sababli shifokorlar bemorni faqatgina dushanba kuni rahbarning ruxsati bilan qo‘yib yuborishini aytishgan. Dushanba bo‘lgach, olib ketishgan.
“Ammo uning ahvoli o‘sha paytda o‘ta og‘ir edi. Shifoxonadagi shifokorlar otam qoniga o‘ta kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarni yuborgan va u uyga qaytganidan keyin bir sutka davomida o‘ziga kelmay yotib, oxiri 14-aprel, seshanba kuni vafot etdi”, degan o‘g‘il.
Bosh prokuratura axborotiga ko‘ra, marhumning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Tekshirish harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi ta’minlanib, natijalariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi.