Samarqandda kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari o‘tkazilmoqda: 8 nafar abituriyent imtihondan chetlatildi
- 24.11.2020 16:17
- 2919
- Ta’lim

Samarqand viloyatida kollej va texnikumlarga kirish uchun abituriyentlardan test sinovlari olishning ikkinchi kuni davom etmoqda. Bugun imtihonlar Samarqand temir yo‘l texnikumi, Payariq tibbiyot kolleji, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on va Ishtixondagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari abituriyentlari uchun tashkil etildi.
Imtihonlar 2 navbatda tashkil etilgan. 1-navbat soat 09:00 da, 2-navbatdagi test sinovlari soat 14:00 boshlandi. Test sinovlariga bugun 3737 nafar abituriyent qatnashishi rejalashtirilgan.
Davlat test markazi Samarqand viloyati bo‘limining Zarnews.uz’ga ma’lum qilishicha, bugun 6 nafar abituriyent qo‘l telefonidan foydalangani, 1 nafari birovning o‘rniga kirishga uringani va 1 nafari shpargalka ishlatgani uchun imtihondan chetlatilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 10 daqiqa avval
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- 2 soat avval
- Jinoyat va jazo
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Bugun, 09:07
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 18:38
- Ta’lim