Samarqandlik yoshlar “Men qutqaruvchiman” musobaqasining respublika bosqichida g‘olib bo‘ldi

Samarqandda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan “Men qutqaruvchiman” musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimizning 14 hududidan kelgan mahalla yoshlari “Men qutqaruvchiman” estafetasi, “Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish”, “Savol-javob” va “Arqon tortish” shartlarida mahoratini ko‘rsatdi.
Murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida viloyatimiz yoshlari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinlar Buxoro viloyati va Qaraqalpog‘iston Respublikasi yoshlariga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.