SamDUda bir kunda 9000 nafar abituriyent ro‘yxatga olindi
- 09.07.2019 21:25
- 179
- Ta’lim

Samarqand davlat universiteti qabul komissiyasidan ma’lum qilishlaricha, universitetda kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish istagini bildirib, ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni bugun – 9 iyul soat 20:20 gacha 30 ming 866 nafarni tashkil etdi.
Kun davomida 9274 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Ularning 4 ming nafarga yaqini universitet qabul komissiyasiga murojaat qilgan bo‘lsa, qolgani davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tgan.
Ma’lumot uchun, 2018 yilda universitet qabul komissiyasi 15 iyundan 15 iyulgacha kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari uchun 29 ming 907 nafar abituriyentdan hujjat qabul qilingan. Shuningdek, sirtqiga 7774 ta, kechkiga 758 ta ariza tushgan (jami 37 ming 629 nafar abituriyent). Hali ro‘yxatdan o‘tish uchun 6 kun fursat borligini hisobga olsak, bu yil abituriyentlar soni ancha yuqori bo‘lishi shubhasiz.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- Kecha, 16:06
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Kecha, 14:17
- Jinoyat va jazo