Urgut tumanida mobil maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi

Kecha, 19 noyabr kuni Urgut tumani Navbog‘, Jo‘raptepa hamda Murodqishloq mahallalarida mobil maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi.
Ushbu “Isuzu HC 40” rusumli avtobus asosida harakatlanadigan MTT belgilangan yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadi. Ko‘chma guruhlarda bo‘lish muddati 3 soatdan oshmaydi.
MTTda 3 nafar yangi ish o‘rni yaratilib, ishchilar qabul qilindi. MTTda mahallaning 3-7 yoshli bolalaridan 96 nafari ushbu MTTda tarbiyalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ushbu MTTning ochilish marosimida tuman hokimi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.