Xitoyda sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
- 16.09.2021 11:51
- 21
- Xorij

Xitoyning janubi-g‘arbiy qismida 16 sentyabr kuni erta tongda 6 balli zilzila yuz berdi. Tabiiy ofat oqibatida uch kishi halok bo‘ldi va 60 kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda CGTN mahalliy hukumat ma’lumotiga tayanib.
Zilzila soat 04:33 (Toshkent vaqti bilan 01:33)da ro‘y bergan. Epitsentri Neyszyan shahridan 50 kilometr shimoli-sharqda, o‘chog‘i 40 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Avvalroq ikki kishi halok bo‘lgani va uch kishi yaralangani haqida xabar berilgan edi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila tufayli qariyb 7 ming kishi evakuatsiya qilingan, 35 uy vayron bo‘lgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Bugun, 12:17
- Jinoyat va jazo
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Bugun, 09:07
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 17:38
- Ta’lim