Android qurilmalar uçun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş x

Yaxşi tilakmi yoki zanjirli xabar?

Odatda tongni qölimizdagi telefonga kelgan xabarlarni öqişdan boşlaymiz. Dastlab SMS xabarlarni, söngra Telegramni oçib, kim nima xabar yuborganini bir közdan keçiramiz.

Keyin ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda yangiliklarni körib çiqamiz. Tarmoqlarda xabarlar bilan birga tilaklar ham beriladi. Ularni kuzatamiz: ayrimlari könglimizga xuş yoqadi, ayrimlari esa yöq. Lentani aylantirib, boşqa xabarlarga ötamiz.

Bayram kunlari yoki haftaning juma kunlari xabarlar birmunça köpayadi. Siz tanigan-tanimagan akkauntlardan tabriklar, yöqlovlar, tilaklar kelaveradi. Bir qaraşda bular samimiy, ezgu niyatlar. Ammo şunday xabarlar ham borki, ular eʼtiborni tortadi. Sizni bayram yoki juma kuni bilan samimiy muborakbod etib, çiroyli tilaklar bildirganidan söng, «uşbu xabarni 9 kişiga tarqating», deya tayinlaydi. Xöş, nega endi biz birovning xabarini 9 kişiga tarqatişimiz kerak? Öylanib qoldim: nima, 9 kişiga yubormasam, tilaklar ijobat bölmaydimi? Özi bu kabi xabarlar nega kerak?

Yodimda, maktabda öqib yurganimizda şunday xatlarni sumkalarimizdan topib olardik. Sodda bölganmiz şekilli, daftarimizdan varaq olib, xatni köçirib, vaqtimizni ketkazib, belgilangan sondagi kişilarga tarqatardik. Çunki xatda agar tarqatilmasa, köngilsizlik kutişi aytilar edi. Yoki aksinça, maʼlum muddatda quvonçli xabar kutayotganligi bildirilardi.

Tasavvur qiling: siz 10 kişiga berdingiz, 10 kişi yana 10 kişiga yuboradi, 100 kişi yana 10 kişiga yuboradi va şunday davom etib, özingiz neça bor şunday xatni qabul qilasiz. Şu tariqa xatlar zanjiri paydo böladi.

Yaqinda telegramimga ham şu mazmundagi xat keldi. Unda: “Eng yokimli kuraşuvçi çiroyli ayol bu smsni ukiyapti. U mening jondan azizim, u xuşçakçak, oçik kungil, xakikatguy, sofdil. Men u bilan faxrlanaman! Iltimos Olloxim unga çiroyli yaşaşi va xayoti çiroyli utişi uzok umr kurişi uçun yordam ber. Duo kilamanki, uning va bolalarining xayot yulini yorug kil. 9 minut içida sizni bir narsa baxtli kiladi. Siz yaxşi kurgan 9 ayol bn ulaşing”. (Xabar qanday yozilgan bölsa, şunday yozdim. Undagi xatolarning özi alohida mavzu).

Xabarni öqidim, ammo heç kimga tarqatmadim. Çunki garçi hissiyotlar buning aksini, yaʼni tavakkal qilib yuborib körişni aytsa-da, tarqatganda ham baxt yoki omad şu xatga boğliq emasligini tuşunib turardim. Xöş, bunday xatlarni yuborişdan maqsad nima? Telegram yoki SMS orqali keladigan «Uşbu matnni 10 kişiga yuboring», «10 nafar döstingizga tarqating», «Aks holda omadsizlikka uçraysiz» yoki «Xabarni tarqatsangiz, sizga sovğa beriladi» kabi xabarlar zanjirli xabarlar bölib, ularni bevosita firibgarlik deb bölmaydi. Ammo ularning ortida turli maqsadlar bölişi mumkin:

- Odamlarni işontiriş va qörqitiş orqali, yaʼni «Yubormasangiz, yomon voqea yuz beradi» kabi gaplar bilan xabarni tarqatişga majburlaş.

- Ijtimoiy tarmoqdagi faollikni sunʼiy oşiriş. Xabar qança köp foydalanuvçiga tarqalsa, tarmoq egasining kuzatuvçilari şunça oşadi.

- Firibgarlik. Baʼzi xabarlarga havola qöşilib, odamlarni soxta saytlarga olib kiriş yoki şaxsiy maʼlumotlarini olişga uriniladi.

Juma tabrigini yoki boşqa bayramlardagi tabriklarni qabul qilişingiz mumkin, ammo uni 10 kişiga yuboriş şart emas. Agar yuqoridagi xabarni 9 ayolga yuborsangiz, 9 daqiqada baxtli voqea sodir bölişiga heç qanday asos yöq. Bunday xabarlar odamlar orasida asossiz işonç va irim-sirimlar tarqalişiga ham olib kelişi mumkin.

Bunday holatlar nafaqat Özbekistonda, balki dunyoning köplab mamlakatlarida uçraydi. Qiziği, bu holat Telegram paydo bölişidan ança oldin ham bölgan. Ular zanjirli xatlar (Chain Letters) deb ataladi. Bu qabul qiluvçidan xatni köçirib, yana bir neçta odamga yuborişni talab qiladigan (yoki iltimos qiladigan) xabarlar turidir. Bunday xatlar internet paydo bölişidan ança oldin oddiy qoğoz xatlar körinişida mavjud bölgan, hozirgi kunda esa asosan elektron poçta (Email), ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar (Telegram, WhatsApp) orqali tarqaladi.

Tarixga nazar taşlasak, ilk hujjatlaştirilgan klassik zanjirli xat 1888 yilda Çikagoda paydo bölgan. U aniq matematik sxemadan (N nusxa yaratiş) foydalanilgan xayriya maktubi edi. Aynan şu yili Çikago trening maktabi qarzga botganda, direktor «sayohat puli qutisi» deb nomlangan tizimni işga tuşiradi. Uning ğoyasiga köra, qabul qiluvçidan xayriya uçun 10 sent yuboriş, xatning uç nusxasini yaratiş va bir xil iltimos bilan uç nafar döstiga yuboriş söralgan va bu özini oqlagan.

AQŞ va Yevropada ötgan asrdayoq odamlarga xat va otkritkalar orqali «5 kişiga yuboring, 4 kundan keyin omad keladi» mazmunidagi murojaatlar tarqatilgan.

Yaponiyada mobil telefonlar ommalaşgaç, «5 yoki 7 kişiga yubormasangiz, baxtsizlik yuz beradi» mazmunidagi SMS-xabarlar tarqalgan.
Nima uçun bu xabarlar odamlarga taʼsir qiladi? Sababi oddiy: ularda odatda uçta taʼsirçan vositadan foydalaniladi. Umid — sizga baxt, omad, quvonç keladi. Qörquv — yubormasangiz, baxtsizlikka uçraysiz. Mehr — siz aziz insonsiz, bu duoni yaqinlaringizga ham ulaşing.

Yuqorida keltirilgan xabardagi «Eng yoqimli kuraşuvçi çiroyli ayol...» jumlasi ham aynan insonning hissiyotlariga taʼsir qiliş orqali tarqatiladi. Bunday qaraganda xavfsiz körinsa-da, ayrimlarining ortida maqsad böladi: maʼlumotlarni tarmoqqa joylaştiriş va ular orqali sizni soxta saytlarga yönaltiriş. Baʼzan xat tarkibida havolalar ham bölişi mumkin, ular orqali qurilmaga zararli dasturlar yuqişi xavfi bor.

Agar sizga şunday xat kelsa, eng töğri yöl — uni öçirib taşlaş va heç kimga yubormaslikdir. Şunda zanjir uziladi va soxta maʼlumotlar tarqalişi töxtaydi.

Keling, bu xabarlarga qança vaqt ketişi haqida ham mulohaza qilib köraylik. Yuqorida kelgan zanjirli xabarlarni heç kimga yubormadim. Ammo ularni yuborganimda qança vaqtim ketişini bilişga qiziqdim. Buning uçun sarflanadigan örtaça vaqtni hisoblab kördim.
Avvalo, xabarni körib, öqib çiqişimga 30 soniya ketdi. Keyin esa uni kimlarga yuboriş haqida öyladim. Töqqiz nafar odamni tanlaş va xabarni ulaşiş uçun 10 daqiqa çamasi vaqtim sarflandi.

Qiziqib qoldim va sunʼiy intellekt yordamida uşbu jarayonga sarflanadigan vaqtni taxminan hisoblab kördim. Zanjirli xabarni öqiş, uni yuboriş yoki yubormaslik haqida öylaş uçun örtaça 30 soniya, xabarda aytilganidek, 9–10 kişiga ulaşiş uçun esa ikki daqiqadan ortiq vaqt ketişi mumkin ekan. Demak, bitta xabar uçun qariyb uç daqiqa sarflanadi.

Agar bitta zanjirli xabarni töqqiz kişiga ulaşiş uçun uç daqiqadan vaqt ajratsak, bir haftada 21 daqiqa, bir yilda esa qariyb 18 soat vaqtimizni sarflagan bölamiz.  Xöş, bu vaqtni qanday foydali işlarga sarflaş mumkin?  Masalan, kuniga 3 daqiqa kitob öqişga odatlansak, haftada bir hikoyani tugatamiz. Har kuni beştadan yangi xorijiy söz örgansak, bir yilda 1800 dan ortiq söz boyligini özlaştiramiz. Bu esa xorijiy tilni örganişda salmoqli qadamdir.

Muhimi, bu vaqtni eng qadrli insonlarga bağişlaşimiz ham mumkin. Bu vaqtda farzandlarimiz bilan dildan suhbatlaşişimiz, ularning boğçada yoki maktabda kunlari qanday ötgani, kimlar bilan döstlaşayotgani, nimalarga qiziqişi, qanday orzu-maqsadlari borligini tinglasak böladi. Bolani qalbidagi gaplarni eşitiş uçun soatlab vaqt ketmaydi, baʼzan şu 3 daqiqaning özi yetarli. Bugun uning gaplarini eşitişga vaqt topmasak, ertaga u biz bilan gaplaşişga vaqt topmasligi mumkin.

Yaqinlarimizga mehr körsatiş, farzandlarimizga eʼtibor beriş, öz ustimizda işlaş uçun vaqtim yöq deb bahona qiliş emas,  balki mana şunaqa behuda sarflayotgan maşğulotlarimizdan vaqtimizni tejaş kifoya.

Nasiba Jontörayeva.