Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Zarafshon»ning bugungi (2020 yil 4 aprel, №41) sonida o‘qing

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti insoniyat tarixining tosh asridan o‘rta asrlargacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo hududida rivojlangan qadimiy sivilizatsiyalarning, ilk shaharlar va davlatlarning moddiy va ma’naviy madaniyatini tadqiq etish, davrlashtirish va o‘tmishini tiklash kabi fundamental ilmiy masalalar ustida faoliyat yuritadi. Ammo joriy yilda tashkil etilganligiga 50 yil to‘ladigan, O‘zbekiston tarixi va arxeologiyasi rivojida ulkan xizmat qilgan Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti markazning yuridik maqomga ham ega bo‘lmagan filiali darajasiga tushirilishini qanday tushunish mumkin?

*

Respublikamizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida e’lon qilingan karantin paytida oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun onlayn darslar boshlandi. Xo‘sh, Samarqanddagi ta’lim muassasalarida onlayn tarzda darslarni masofadan turib o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlar mavjudmi? Video va elektron darsliklar, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun materiallar, test nazorati, boshqa topshiriqlarni tizimli ravishda joylashtirishda muammolar bo‘lmayaptimi? Talabalarning o‘zlashtirishi, ular tomonidan test savollariga javob berish, rasm va amaliy jarayon ko‘rinishidagi topshiriqlarni bajarish qay tartibda baholab borilyapti?

*

«Qo‘shnimning kelini bolalar bog‘chasida ishlaydi. Yaqinda hech qayerda ishlamaydigan eri bir gap topib kelibdi. Emishki, agar uch-to‘rtta bolasi bor er-xotinlar sud orqali ajralishsa, davlat ayolga bolalari uchun imtiyozli uylardan berishi mumkin ekan. Eri bir bahona topib ajralish va imtiyozli uy uchun ariza berishga undayotgan ekan uni». Avtobusda ketayotgan ayollardan biri aytgan bu gapni eshitib, hayron bo‘ldim. Nahotki, nopok er oilasini buzishni taklif qilayotgan bo‘lsa? Bu nima degani? Bitta uy muqaddas oiladan ham aziz bo‘ldimi? Bolalari-chi? Ota-onasining bu qing‘irliklarini qanday qabul qilishadi? To‘rt muchasi sog‘lom erkakdan shunaqa fikrlar chiqishi mumkinmi?