❗️ 1 iyuldan olis va chekka hududlarda joylashgan bog‘chalarga subsidiyalar to‘lanadi
Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 iyuldan:
👉 belgilangan tumanlarda 100 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 foizlik stavkada kreditlar ajratiladi;
🔘 olis va chekka hududlarda joylashgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi tegishli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga:
- har bir tarbiyalanuvchi bola uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 75 foizi miqdorida subsidiya to‘lanadi;
- “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” yoki “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning har bir tarbiyalanuvchi farzandlari uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 25 foizi miqdorida subsidiya to‘lanadi;
- davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga foydalangan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizi miqdorida oylik kompensatsiyalar to‘lanadi;
- 2018–2019 yillarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun avval berilgan kreditlar bo‘yicha imtiyozli davr muddati 2022 yil 1 yanvarga qadar uzaytiriladi, deb xabar berdi Huquqqiy axborot.