Samarqandda ikki kunda 1286 holatda yo‘l harakati qoidalarini buzish holati qayd etildi
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 avgustdagi “Yo‘l harakati xavfsizligi kunini o‘tkazish va yo‘l-transport hodisalari profilaktikasining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida Samarqand viloyati YHXB tomonidan tadbir tashkil etildi.
Viloyat hududida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2019 yil 11-12 oktyabr kunlari “Avtopatrul” reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 1286 ta, shundan 113 ta mast holda 52 ta tegishli hujjatlarsiz transport vositasini boshqarish, 2 ta qayta jihozlash qoidalarini buzish, 65 ta quvib o‘tish qoidasini buzish, 196 ta odam tashish qoidasiga rioya qilmaslik, 187 ta yo‘l-belgilariga rioya etmaslik, 6 ta telefondan foydalanish qoidabuzarligi, 28 ta svetofor va chorrahadan o‘tish qoidasini buzish, 175 holatda xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik, 4 ta sug‘urta polisisiz transport vositasini boshqarish, 421 ta holatda boshqa turdagi qoidabuzarliklar aniqlanib, 183 ta transport vositalari jarima maydoniga qo‘yildi.
Samarqand viloyati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.