2018 yilda necha nafar o‘zbekistonlikka Shengen vizasi berilgan?
Bugungi kunda Green Card muhokamalar markazida bo‘lib turgan bir paytda, Yevropa ittifoqi davlatlariga chiqish uchun beriladigan Shengen vizasi to‘g‘risida ham eslab o‘tmoqchimiz, deb yozmoqda xushnudbek. Aniqrog‘i, 2018 yilda necha nafar o‘zbekistonliklar ushbu vizani olish uchun ariza bergani, ularning nechtasiga ijobiy, nechtasiga salbiy javob qaytarilgani haqidagi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashmoqchiman.
Demak, SchengenVisaInfo.com portali bergan ma’lumotga ko‘ra, Shengen vizasini olish uchun 2018 yilda jami 30 ming 799 nafar o‘zbekistonliklar ariza topshirgan. Ularning 26 ming 537 nafariga viza urib berilgan. 4,067 nafariga esa turli sabablarga ko‘ra rad javobi berilgan.
Davlatlar kesimida statistikalar quyidagicha:
Germaniya
10 302 kishi topshirgan.
9 033 kishi viza olgan.
1 269 kishiga (12,3%) rad qilingan.
Fransiya
5 383 kishi topshirgan.
4 507 kishi viza olgan.
731 kishiga (13,6%) rad qilingan.
Latviya
4 946 kishi topshirgan.
4 404 kishi viza olgan.
492 kishiga (9,9%) rad qilingan.
Italiya
3 105 kishi topshirgan.
2 905 kishi viza olgan.
200 kishiga (6,4%) rad qilingan.
Chexiya
2 958 kishi topshirgan.
2 382 kishi viza olgan.
576 kishiga (19,5%) rad qilingan.
Polsha
2 445 kishi topshirgan.
2 069 kishi viza olgan.
376 kishiga (15,4%) rad qilingan.
Vengriya
1 351 kishi topshirgan.
953 kishi viza olgan.
398 kishiga (29,5%) rad qilingan.
Slovakiya
309 kishi topshirgan.
284 kishi viza olgan.
25 kishiga (8,1%) rad qilingan.