2018 yilda viloyatimizda 125 poraxo‘r mansabdor jinoiy javobgarlikka tortildi

— Tahlillarga ko‘ra, shundan 125 nafar mansabdor shaxslarning jinoiy javobgarlik masalasi hal etildi, - dedi u. - Jinoyati fosh etilgan mansabdor shaxslarning 3 nafari viloyat va 122 nafari tuman-shahar miqyosidagi idoralar, korxona tashkilot va muassasalarda rahbar lavozimlarida faoliyat ko‘rsatganlardir.

Tergovchining aytishicha, ularning jinoyatlari mamlakatimiz taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘lib, iqtisodiyotga jami 5 mlrd. 817 mln. 967 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazgan.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligi bayrami arafasida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tashabbusi bilan Samarqand viloyat musiqali drama teatrida o‘tkazildi.

G‘ayrat SATTOROV.