2019 yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi, ayrim dam olish kunlari ko‘chirildi

Hujjat matni O‘zAda keltirildi.

Unga ko‘ra, 2019 yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:

2 yanvar (chorshanba);

22 mart (juma);

2 sentyabr (dushanba).

2019 yilda quyidagi dam olish kunlari ko‘chiriladi:

5 yanvar (shanba) — 3 yanvar (payshanba) ga;

1 iyun (shanba) — 6 iyun (payshanba) ga;

7 sentyabr (shanba) — 3 sentyabr (seshanba) ga;

28 dekabr (shanba) — 31 dekabr (seshanba)ga.

Byudjet tashkilotlarida farmonda belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini uch ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga mehnat jamoalari o‘rtasida ushbu farmonning maqsadi, mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushuntirish ishlarini tashkil etish, uzaytirilgan bayram kunlarida xodimlar va ularning oila a’zolarining maroqli dam olishini ta’minlash yuzasidan kasaba uyushmalari tashkilotlarining ishini faollashtirish tavsiya etildi.